Target brendining “o’ta aqlli” CRM tizimi

Avvalo, CRM (customer relationship management) o’zi nima ekanligini tushunib olsak. Ingliz tilidan to’g’ridan-to’g’ri tarjima qilinganda xaridorlar bilan munosabatlarni boshqarish mazmunidagi tarjima kelib chiqadi. CRM xaridor to’g’risidagi tarixiy ma’lumotlarni tahlil qilgan holda, uni kelajakda xaridga qayta chorlash va brendga sodiqligini ushlab qolish bo’yicha qadamlarni belgilash tizimidir.

crm

Quyida Amerikaning “Target” brendining “o’ta aqlli” CRM tizimi va u bilan bog’liq mojaro bilan tanishamiz.

Ota “Target” supermarketiga asabiy kirib keladi va menejer bilan gaplashib olishi kerakligini aytadi. U qo’lida “Target”dan yuborilgan bir qancha kuponlarni ushlab olgan edi.  “Mening qizimga sizlardan chaqaloqlar uchun kiyimlar va beshik xaridi uchun kuponlar kelayapti, vaholanki u hali maktab yoshida! Siz mening qizimni homilador bo’lishga undayapsizmi?” – jahl bilan so’z qotadi, ota.

Bir necha kun o’tib esa ota “Target” menejeriga qayta qo’ng’iroq qilib uzr so’raydi va qizining haqiqatdan ham homilador ekanligini aytadi.

Gap shundaki, “Target” CRM tizimi shu darajada aqlliki, istalgan ayolning ma’lum 25 turdagi mahsulotlar xaridi bo’yicha tarixiy ma’lumotlaridan kelib chiqib, uning homilador ekanligini 90 foiz ehtimollikda taxmin eta oladi.

Ajoyib-a, shunday emasmi?

crm

Sizchi, o’z xaridorlaringiz haqida ma’lumotlar yig’ib borasizmi? Xaridorlar bo’yicha yig’ilgan ma’lumotlardan qanday foydalanasiz? Albatta, bu haqida yana bir bor fikr yuritib ko’rish vaqti keldi. Toki, marketing mahsulotni sotish san’ati emas, balki uni ayni xaridorga qayta-qayta sota olish san’atidir.

Marketing xizmatlari bo`yicha murojaat

Tel: (+99891) 166-00-48
Telegram: @interintellect

Leave a Reply