Ta’sir Etish Marketingi – Facebook va Instagram yulduzlari ta`siri

Siz foyda keltirmaydigan reklama kampaniyalaridan charchadingizmi?

Reklama kampaniyalari siz sarf etgan harajatlarga nisbatan ko’proq foyda olib kelishini xohlaysiz, to’g’rimi?

Bunday natijaga erishishning eng samarali usullaridan biri “ta’sir etish marketingi” deb ataladi. “Ta’sir etish marketingi” strategiyasi biznesingizning real sur’atlarda o’sishiga va savdo hajmining oshishiga yordam beradi.

Ta’sir etish marketingi o’zi nima?

“Ta’sir Etish Marketingi” ijtimoiy tarmoqlarda mashhur insonlar (Facebook va instagram yulduzlari) orqali marketing kampaniyasini tashkil etishga asoslangan marketingdir. Bu usulning afzalligi shundaki, odatda ko’pchilik oddiy insonlar Facebook va instagram yulduzlari hayotiga qiziqadi va ularga ergashadi. Shuning uchun ham oddiy odamlar mashhurlar reklama qilayotgan mahsulotlarni xarid qilishga oshiqishadi. Ushbu marketing brend va ta’sir kuchiga ega shaxs o’rtasidagi aloqani ifodalaydi. Ta’sir etuvchi mashhur shaxs ma’lum brendning mahsulot va xizmatilarini Instragram, Youtube, Facebook kabi turli ijtimoiy tarmoqlarda namoyish etadi.

Ta’sir etuvchi mashhurlar (Facebook va instagram yulduzlari) jamiyatda insonlar ishonchiga erishgan sodiq shaxslar bo’lishi kerak. Bundan tashqari, ular reklama qilinayotgan buyum haqida bilim va ko’nikmalarga ega bo’lmog`i lozim. Misol, og’ir atletika va mos ravishda to’g’ri ovqatlanish bo’yicha chuqur bilimlarga ega bo’lgan Youtubedagi fitness blogeridan sport kiyimlarini reklama qilishda yordam qilishni so’rash mantiqiy.

Ba’zan, ta’sir etuvchi o’zi reklama qilayotgan mahsulot haqida yetarlicha malumotlarga ega bo’lmasligi ham mumkin. Bunday holatda, ular o’z obunachilariga ularga bo’lgan ishonch va sodiqlikdan foydalangan holda ta’sir o’tkazishadi. Ommaviy ta’sir etuvchilar safiga sayohatchilar, fotograflar, bloggerlar, taom ishqibozlari, go’zallik yaratuvchilar, rassomlar, modellar va qiziqchi-hajviyachilarni kiritishimiz mumkin.

ta`sir etish marketingi
Ta’sir Etish Marketingidan foydalanishning afzalliklari

Ular sotuvni harakatlantirishadi, ya’ni mahsulotlar sotuvi ortadi

Ta’sir etuvchi mashhurlar ta’sirida ko’pchilik sizning mahsulotlaringizni sotib olishni boshlaydi. Savdoning bunday o’sishi ta’sir etuvchining mahsulot haqida gapirishni boshlagani zahoti yuzaga keladi. Shuning uchun ham ko’pchilik shunday ta’sir etuvchilardan foydalanishga o’tmoqda.

Ular mazmunli va ta’sirchan lavhalar yaratishadi

Ta’sir etuvchilar ta’sirchan lavha yaratishning qirol va qirolichalari hisoblanadi. Yuqori sifatli mazmundor  lavhalar ko’pchilik e`tiborini tortishi hammaga ma’lum. Bu o’z mahsulotlariga xaridor izlayotgan kompaniyalar uchun ajoyib yangilik bo’lishi mumkin. Chunki, ta’sir etuvchilar yaratgan lavhalar sizning brendingiz haqida sizning ehtimoliy mijozlaringizga ma’lumot yetkazishadi. Faqat shuni yoddan chiqarmangki, ta’sir etuvchilar bilan ishlaganingizda siz lavhaga egalik qilmaysiz va ruhsatsiz va tasdiqdan o’tmasdan ushbu lavhalardan foydalanish, boshqalar bilan ulashish, o’zgartirish va chop etish huquqlariga ega bo’lmaysiz.

Ular brend haqida xabar berishadi

Ta’sir etuvchilar brend va uning bozordagi mashhurligini o’zaro bog’lovchilari hisoblanadi. Ular sotuvni yuzaga keltiruvchi sababchilardir. Haridorlarning sizning brendingiz haqida bilishlari hozirgi elektron savdoda suv va havodek muhimdir.

ta`sir etish marketingi

Iste’molchilarning 84 %i, ya’ni 10 tadan 9 tasi mahsulot va xizmat haqida bloglarda o’qiganlaridan keyingina xaridni amalga oshirishadi. Shuning uchun ham, bloggerlarni ta’sir etuvchilar deb shunchaki aytilmaydi.

Ular xalqning ishonchini qozongan

Bilasizmi, iste’molchilar brendga nisbatan o’z tengdoshlarining fikrlariga ko’proq ishonishadi. Demak, brendingiz haqidagi xabarlaringizni ta’sir etuvchilar (Facebook va instagram yulduzlari) orqali yetkazish yo’lida hamkorlik qilish muvaffaqiyat keltirishiga shak-shubha yo’q. Shunday ekan, brendlarni an-a’naviy reklama qilish usullaridan chekinib, el ichida ishonchga ega vakillardan foydalanish hozirgi kunning muhim marketing instrumentiga aylangan.

Ularda vakolat va ta’sir etish kuchi bor

Iste’molchilarning 84 %i, ya’ni 10 tadan 9 tasi mahsulot va xizmat haqida bloglarda o’qiganlaridan keyingina xaridni amalga oshirishadi. Shuning uchun ham, bloggerlarni ta’sir etuvchilar deb shunchaki aytilmaydi.

Ular munosabatlarni yo’lga qo’yishadi

Ta’sir etuvchilar sizning brendingiz va o’z obunachilari o’rtasida aloqalarni yo’lga qo’yishadi. Shu kabi o’zaro bo’glanishsiz, ya’ni siz bilgan o’sha “o’rtakash”siz iste’molchilar bilan munosabatlarni shakllantirish juda murakkab.

 

Xo’sh, nega ta’sir etuvchilar bilan birga ishlamayapsiz?

Ta’sir etish marketingi shunchaki yirik brendlar va kompaniyalar uchun emas. Xatto, kichik brendlar ham ta’sir etish marketingi kampaniyalari orqali o’z bizneslari hajmini oshirishlari mumkin. Kichik biznes egalari o’z hududlarida ta’sirga ega kichik ta’sir etuvchilar bilan birga ishlashlari ham mumkin.

Demak, endi siz ta’sir etuvchilarning qanchalik samara keltirishlari mumkinligini bilib oldingiz. Endi, siz o’z brendigniz uchun to’g’ri keladigan ta’sir etuvchilarni toping va hamkorlikni yo’lga qo’ying!

Marketing xizmatlari bo`yicha murojaat

Tel: (+99891) 166-00-48
Telegram: @zipwolf_uz