Internetda pul ishlash ham oson ham murakkab. Biz Internetda pul ishlash haqida fikr yuritar ekanmiz, albatta, internetda daromad qilishning eng keng tarqalgan biznes modellarini yaxshilab o’rganib olishimiz lozim.

Internet platformalarning paydo bo’lishi bilan bir necha turdigi yangi biznes modellari ham paydo bo’ldi.

Ushbu maqoladan siz raqamli iqtisodiyotda yuzaga kelgan biznesning yangi modellari haqida bilib olasiz. Modellar haqida to’xtalib, ularning har biriga misollar keltiramiz va ularning negizida qanday tamoyillar yotganini tushutirishga harakat qilamiz.
Shunday qilib, ko’rib chiqiladigan to’rtta model quyidagilardan iborat:

  • Foyda marjasining buzilishi modeli;
  • Talab va taklif modeli;
  • Vaqt va makon chegaralari modeli;
  • Jamoaviy iste’mol modeli;
современные бизнес модели

Foyda marjasining buzilishi modeli

Bu model ko’pincha avvaldan bozorda yuqori mavqega ega bo’lgan bizneslarga nisbatan (qarshi) qo’llaniladi. Ushbu biznes modeli aslida ishlab chiqarish tannarxi uncha qimmat bo’lmagan mahsulotlarga juda yuqori narx belgilaydigan kompaniyalarga nisbatan raqobatchi sifatida shakllandi. Luxoticca, Gilette kabi brendlar uzoq yillar mobaynida dunyo bo’ylab juda katta infratuzilma yaratgan bo’lib, ular shu infratuzilma va brend imidjidan foydalanib aslida ishlab chiqarish tannarxi uncha katta bo’lmagan mahsulotlarini xaridorlarga yuqori narxlarda sotib kelgan.

современные бизнес модели
современные бизнес модели

Raqamli iqtisodiyotda, yangi onlayn bizneslar bozorga kirib, foyda marjasini buzilishi biznes modelini qo’llash orqali bozor muvozanatini o’zgartirdi. Masalan, yaqinda paydo bo’lgan Warby Parker onlayn-brendi AQShda aslida 300 yoki 400 dollar turadigan mashhur brend nomi ostida yaratiladigan ko’zoynaklarni (masalan Luxoticca ko’zoynaklari) atigi 95 dollarga xaridorga taklif etmoqda.

современные бизнес модели

современные бизнес модели

Talab va taklif modeli

Ikkinchi turdagi model talab va taklifga asoslangan modeldir. Hozirda sayyoramizda ikki milliarddan ortiq odam kompyuter o’rnini bosuvchi uyali aloqa moslamalariga ega. Bunday moslamalar bizga ma’lum mahsulot yoki xizmatga ehtiyoji bor odamlarni samaraliroq tanlash imkonini beradi.

Masalan, an’anaviy iqtisodiyot sharotida ertalab soat 3 da A nuqtadan B nuqtaga borishni istagan odam bu istagini amalga oshirish uchun taksi topa olmasdi. Vaholanki, qaysidir taksi haydovchisi uning yaqinida turib, o’ziga mijoz topa olmay sarson bo’lishi mumkin edi. Endilikda mobil qurilmalari yordamida, talab va taklifga ega ikki tomonni uchrashtirgan holda talabni o’z vaqtida qondira olamiz. Bunga Uberni misol sifatida keltirish mumkin: Uber kabi kompaniyalar ma’lum narsalarga, tovarlarga va xizmatlarga muhtoj bozorlarga kirib, ularni shunday xizmat ko’rsata oladigan ta’minotchilar bilan uchrashuvini ta’min etib kelmoqda.

современные бизнес модели

Vaqt va makon chegaralari modeli

Uchinchi model orqali biz vaqt va makon chegaralarini texnologiya yordamida kamaytirib, mahsulotlarni qulay narxlarda keng miqyosda sotishimiz mumkin.

Masalan, agar siz raqamli marketing yoki marketing boshqaruvi kursini an’anaviy iqtisodiyot sharoitida o’qishni istasangiz, sentyabr oyida, chorshanba kuni ertalab soat 9 da ma’lum auditoriyaga kelishingiz va darsni 75 talabadan iborat xonada 80 daqiqa davomida tinglashingiz kerak. Bu jarayonda vaqt va makon cheklangan miqdorda bo’lib, siz faqatgina belgilangan vaqtda kelishingiz kerak. Ammo, agar biz vaqt va makon chegaralarini bartaraf qilsak, sizda xuddi shu darsni ertalab soat to’rtda tomosha qilish, uni o’rganib chiqish va do’stlar bilan bo’lishish imkoniyati paydo bo’ladi. Shunday qilib, endilikda mijoz (ta’lim oluvchi) qabul miqdori va vaqti chegaralangan darsga shaxsan kelib qatnashishga ehtiyoj sezmaydi (EdEx bunga yaqqol misol).

современные бизнес модели

Jamoaviy iste’mol modeli

Keling endi birgalikda iste’mol qilish haqida gaplashaylik. Masalan, kostyum sotib olish o’rniga odamlar bu kostyumni boshqa birov bilan bo’lishishlari mumkin bo’lsa? Kimdir uni ijaraga olishi mumkin bo’lsachi? Ta’tilga chiqqan paytimizda avtomobilimizni kimgadir foydalanish uchun berish yoki kimningdir uyini ijaraga olishimiz ham mumkin.

Misol uchun, sizda mashina bor: avtoulovingizdan haqiqatda kun davomida ofisga qatnashga, ba’zi yumushlarni bajarishingizga va hakazolarga 30 daqiqa yoki bir soat davomida foydalanishingiz mumkin. Nazariy jihatdan esa avtomobildan kuniga 24 soat foydalanish mumkin. Demak, mavjud resusrdan biz 23 soat davomida umuman foydalanmayapmiz. Ehtimol siz ofisda bo’lgan paytingizda, kimdir sizning mashinangizni haydashi va siz buning uchun pul ishlab olishingiz mumkin.

Internet platformalarida tashkil topgan ba’zi yangi bizneslar bizga boshqalarning buyumlarini ijaraga olib vaqtincha foydalanib turishga imkon yaratadi (Misol uchun Airbnb, Rent the Runway).

современные бизнес модели

Agar sizga Internetda pul ishlash yuzasidan yechimlar kerak bo’lsa, Zipwolf brendi  har doim sizga yordam berishga tayyor. Bizning brendimiz veb-sahifalar va telegram botlar yaratishdan tortib, veb-sahifa va telegram kanal va botlarga mijozlar yo’naltirish (olib kelish) uchun marketing reklama kampaniyalarini tashkil etish bilan bog’liq barcha xizmatlarni taklif etadi.

Marketing xizmatlari bo`yicha murojaat

Tel: (+99891) 166-00-48
Telegram: @interintellect

Leave a Reply