Loyiha Haqida

FORTA BIZNES EDUCATION – tadbirkorlar uchun o’zbek tilida biznes seminarlari o’tkazuvchi o’quv markazidir. Ushbu kurslar yordamida tadbirkorlik yuritishning sir-asrorlarini kashf etasiz, tajribangizdan qat’iy nazar yuqori natijalarga erishish yo’llarini o’rganib olasiz va tadbirkorlikda daromadlarni tezlkor ko’paytirish usullarini bilib olasiz.

Loyiha doirasida qanday ishlarni amalga oshirdik?

Mavjud turdosh raqobatchi xizmatlar bozorini chuqur o’rganib, kompaniya veb-sahifani shakllantirishning optimal marketing strategiyasi ishlab chiqildi;
Ijtimoiy tarmoqlarda (Facebook, Vkontakte, Odnoklassniki) maqsadli auditoriyaga yo’naltirilgan pullik reklama kampaniyasi tashkil etildi;
Potentsial mijozlar e’tiborini band qilishni nazarda tutgan holda, veb-sahifaga joylashtirilgan ma’lumotlar matni ustida jiddiy ishladik.

Qanday Natijalarga erishdik:

Veb-sahifa qidiruv tizimlarining birinchi sahifalarida paydo bo’lmoqda;
SMM dan foydalanish maqsadli auditoriyani qamrab olish imkonini yaratdi va xizmatning ommalashishiga xissa qo’shdi;
Veb-sahifada joylashtirilgan qiziqarli materiallar 60 foizdan ortiq tashrif buyuruvchilarni kompaniya mijoziga aylantirdi.