PROGRAMMA YARATISH LOYIHASI HAQIDA

Programma yaratish nozik va texnik jihatdan murakkab vazifa. Lekin har qanday murakkablikdagi programmalar (dasturiy yechimlar) yaratish kompaniyamiz xodimlari uchun qiyinchilik tug’dirmaydi.

 

Shaxrimizdagi xususiy maktablardan birining buyurtmasi asosida Telegram Messenger platformasiga integratsiya qilingan onlayn kundalik (Smart Kids) programmasi yaratildi. Bu programma orqali o’qituvchi avval qog’oz jurnalda bajarilgan davomat va baholash ishlarini endi to’la electron bajaradi. O’z o’rnida, o’quvchilarning ota-onalari o’z farzandlarining kunlik davomati, o’zlashtirishi va uyga vazifalari bo’yicha telegram bot orqali muntazam xabardor bo’lib turishadi.

LOYIHA DOIRASIDA QANDAY ISHLARNI AMALGA OSHIRDIK?

Dunyo bo’yicha onlayn kundalik mazmuniga yaqin boshqa programmalar o’rganildi va shu asosda programmaning texnik shartlari shakllantirildi;
Programma birlamchi shakllantirilgandan so’ng, uning foydalanuvchiga qulayligi o’rganildi va noqulayliklar bartaraf etildi;
Birlamchi test sinovlari amalga oshirildi, mavjud xatoliklar to’g’rilandi va foydalanuvchiga topshirildi.

LOYIHA DOIRASIDA QANDAY ISHLARNI AMALGA OSHIRDIK?

Programma maktab jamoasi va ota-onalar o’rtasida o’zaro ma’lumot almashinuvini tubdan yaxshiladi;
Programma ortiqcha qog’ozbozliklar va tushunmovchiliklarni bartaraf etdi;
O’quvchilarning davomati va o’zlashtirishi yaxshi tomonga o’zgardi;
Ota-onalar o’z farzandlarini uzluksiz monitoring qilish imkoniyatiga ega bo’ldilar.

Qo`chimcha ma`lumotlar uchun murojaat

Tel: (+99891) 166-00-48
Telegram: @interintellect