Kompaniyamiz Emu brendi uchun zamonaviy va foydalanishga qulay sayt tuzishda ko’mak berdi. Ushbu brend uchun yaratilgan sayt chuqur bozor tahlili va sayt tuzishning zamonaviy trendlarini hisobga olgan holda yaratildi.
“Express Mail Universal” – O’zbekiston hududida faoliyat yurituvchi va hujjatlar hamda turli mahsulotlarni ekspress yetkazib berishga ixtisoslashgan xizmat turi hisoblanadi. EMU brendi uchun yaratilgan saytda kompaniyaning ko’rsatgichlari namoyon etilgan infografikalardan, kompaniya faoliyatini aks ettiruvchi videolardan chorlov elementlari sifatida foydalanilgan.
Kompaniyaning filiallari joylashgan shaharlar bevosita jonli xaritada ko’rsatilgan. Unga yaqinlashtirilganda filial joylashgan hudud manzili yaqqol ko’rinadigan qilib yaratilgan. Bundan tashqari, “buyurtmani rasmiylashtirish” funksiyasi orqali mijozlar kompaniya xizmatlaridan virtual foydalanishlari mumkin.
