TELEGRAMDA BOT OCHISH LOYIHASI HAQIDA

Telegram botlar bugungi kun biznesi operatsion jarayonining mazmunli bir qismiga aylangan. Botlar ko’pincha iste’molchilar tomonidan tez-tez beriladigan savollar bo’yicha javoblarni avtomatlashtirishda, sotuvni onlayn yo’lga qo’yishda foydalaniladi.

 

«BTS Express Cargo Servis»  MCHJ  pochta-kuryerlik faoliyati bilan shug’ullanib, o’z ichiga transport logistikasi va butun O’zbekiston bo’yicha bojxona rasmiylashtiruvi kabi xizmatlarni qamrab olgan. Zipwolf marketing kompaniyasi ushbu pochta-kuryerlik kompaniyasiga buyurtmalar qabul qilish va tez-tez beriladigan savollarga javob berish uchun telegram bot ilovasini yaratib berdi. 

btsuz

Loyiha doirasida qanday ishlarni amalga oshirdik?

Dunyo va mamlakat miqiyosidagi telegram botlarni o’rganib chiqdik.
BTS jamoasining ishlash tizimini baholab kompaniya samaradorligi uchun har bir jarayonga alohida e’tibor berdik.
BTS komandasi bilan suxbat olib borilib kundalik muammolar aniqlandi.

Qanday Natijalarga erishdik:

Test natijalari bo’yicha yuqori funksiyali telegramda bot ochish amalga oshirildi.
BTS kompaniyasi xodimlaridan ko’p vaqt talab qiladigan ishlar avtomatlashtirildi. BTS telegramda bot ochish orqali kuryerlik chaqiruv xizmati  avtomatlashtirildi.
Hozirda bot-assistant har bir mijozga alohida yondashuv asosida  barcha buyurtma xizmatlaridan foydalanishda yengillik yaratmoqda

Telegram bot xizmatlari bo`yicha murojaat

Tel: (+99891) 166-00-48
Telegram: @interintellect