VEB SAYT YARATISH LOYIHASI HAQIDA

Veb sayt yaratish bo’yicha yorqin misollarimizdan biri Artpaletadir. Artpaleta barcha san’at ixlosmandlari uchun rasmlar galereyasiga keng eshiklarni ochadi va ixlosmandlar tashrifi davomida xushkayfiyat paydo qilishni maqsad qilgan Xorvatiya kompaniyasi veb-sayti hisoblanadi. Veb sayt yaratilishida suratlarni ko’rgazma shaklida namoyish etilishi uchun muvofiq bo’lgan dizayn yaratildi. Unda har bir foydalanuvchi suratlarni galereya shaklida ko’rishlari va ular haqida to’liq malumotga ega bo’lishlari uchun surat ustiga bosishlari kerak bo’ladi. Bu esa o’z navbatida saytdan foydalanishni osonlashtiradi.

 

Artpaleta veb sayti ham kompyuterda, ham mobil telefon ekranida foydalanish uchun birdek moslashtirildi. Bundan tashqari, veb sayt tablet va boshqa qurilmalar uchun ham moslashtirilgan. Yaratilgan kataloglar orqali veb saytning boshqa bo’limlariga o’tish mumkin. Shuningdek, Artpaletaning Facebook ijtimoiy tarmog`idagi sahifasiga o’tish uchun havola yaratilgan.

 

Veb sayt yaratilgandan so’ng, Artpaleta taklif etuvchi xizmatlardan kalit so’zlar sifatida foydalanib, eng yirik qidiruv tizimlari bo’lgan Google va Yandex uchun optimallashtirildi. Bu o’z navbatida veb saytni o’sha qidiruv tizimlarining birinchi sahifalarida paydo bo’lishiga olib keladi va unga tashrif buyuruvchilar sonining oshishini ta`minladi.

Loyiha doirasida qanday ishlarni amalga oshirdik?

Mijoz tomonidan taqdim etilgan texnik ko’rsatmaga muvofiq moslashuvchan dizaynga ega kreativ veb sayt shakllantirdik;
Qidiruv tizimlarida veb saytni yuqori o’rinlarda oson topilishi uchun qidiruvni optimallashtirish yuzasidan texnik ishlanmalarni amalga oshirdik;
Veb sayt strukturasida aniq plitkalar yaratdik;

Qanday Natijalarga erishdik:

Veb sayt istalgan turdagi qurilmadan va har qanday hajmdagi ekranlardan bir xil qulaylikda foydalanishga imkon beruvchi veb sayt dizayni ishlab chiqildi;
Mos kalit so’zlar asosidagi qidiruvda veb sayt qidiruv tizimining birinchi sahifasida paydo bo’lmoqdi;
Sayt saytga tezlik bilan borish uchun ruxsat beruvchi vidjet tuzilmasiga ega bo’ldi;
Artpaleta veb-sahifasi dizaynining moslashuvchanligi

Veb sahifa yaratish xizmatlari bo`yicha murojaat

Tel: (+99891) 166-00-48
Telegram: @zipwolf_uz