Ushbu loyihada biz sochlarni davolash va tiklash uchun ishlatiladigan minox losyonlari uchun web sahifa yaratish ustida ishladik. Loyiha doirasida asosiy e’tiborni sotuvni oshirishga xizmat qiluvchi xususiyat – mahsulotlarning chiroyli taqdimotiga qaratdik. Jamoamiz ushbu turdagi mahsulotlar bozorini sinchiklab o’rganib chiqqan holda, ayni turdagi taqdim etilayotgan mahsulotlarning asosiy qiymatliklarini aniqladi. Tadqiqotlar natijasida, soch to’kilishi bilan bog’liq kasalliklarni davolashda ushbu mahsulotning samaradorligini yaqqol tushuntirib berishga qodir bo’lgan eng yaxshi ma’lumotlar kompleksini yaratdik.
