Telegram botlari kelajakning sun’iy idroki. Biznesingiz rivojida telegram botlar, albatta, muhim ahamiyatga ega.

Kompaniyangiz mahsulot va xizmatlari sotuvini telegram botlari orqali robotlashtirish biznesingizni ulkan marralar sari yetaklaydi. Bundan tashqari, telegram botlari mijozlarga xizmat ko’rsatishni yaxshilash va xaridlar sonini oshirishda kafolatli platforma bo’la oladi.

Telegram botlari o‘zi nima degani?

telegram botlari

Telegram botlari siz o’ylaganingizdek murakkab emas. Telegram botlari ham siz kompyuteringizda foydalanadigan boshqa programmalar singari umumiy jihatlarga ega. Telegram botlari kompaniya va xaridor-foydalanuvchi o‘rtasida eng ko’p beriladigan savollar (FAQ yoki Часто Задаваемые Вопросы) bo’yicha tizimli avtomatlashtirish hisoblanadi.

Eng zamonaviy Telegram botlari sun’iy ong tizimida ishlaydi va o’z o’rnida, murakkab so’rovlarni tushunish, murojaat etuvchiga eng mantiqiy javobni yo’naltirish va murojaat etuvchi bilan vaqti-vaqti bilan qayta munosabatlarni amalga oshirishi mumkin. Ushbu sun’iy ong texnologiyasi hali boshlang’ich rivojlanish bosqichida bo’lgani uchun ko’pgina botlar mutaxassislar tomonidan dasturlashtirilgan qoidalar to’plami asosida ishlab kelmoqda.

Botlar Siz va kompaniyangiz xodimlariga xaridorlar tomonidan eng ko’p beriladigan savollar (FAQ yoki Часто Задаваемые Вопросы) bo’yicha sarflanayotgan vaqtni tejab qolishga katta yordam beradi.

Telegram va Facebook botlari xaridorlarning turli buyruqlarini kunning istalgan vaqtida o’z vaqtida bajara oladi.

Aytaylik, siz biror bir mehmonxonadan xona buyurtma qilishni xohlayapsiz. Buning uchun odatda bronlash bo’yicha veb-sahifaga tashrif buyurib, to’lov ma’lumotlari, yetkazib berish xizmatlari bo’yicha ma’lumotlarni o’rganish uchun 10-15 sahifani ko’zdan kechirib, so’ng o’zingiz haqingizda ma’lumotlarni to’ldirishingizga to‘g‘ri keladi. Agar sizda TELEGRAM yoki FACEBOOK botlari bo’lganida, siz bu topshiriqni osongina botga yuklab qo’yardingiz.

telegram botlari

Botlarning imkoniyatlari cheksiz. Telegram va Facebook botlari istemolchilarga yordam ko’rsatish, ularga o’z vaqtida ma’lumotlar yetkazish orqali bozorda kompaniya imidjini o’sishiga o’z ta’sirini ko’rsatadi.

Botlar orqali brendlar va iste’molchilar o’rtasida o’zaro aloqa yoki sotuvni amalga oshirish imkoniyati mavjud. Avtomatlashtirilgan Telegram va Facebook botlari real vaqtda murojaat qiluvchini kerakli ma’lumotlar bilan ta’minlashi va ularning xarid bo’yicha buyurtmalarini detallari bo’yicha aniqlashtirib kompaniya menejmentiga yetkazishi mumkin.

Agar siz kompaniyangizni “iste’molchilarga yaqin do’st” bozor imidjini yaratishni istasangiz imkoniyatingizni qo’ldan boy bermang. Qanday turdagi bot bo’lishidan qat’iy nazar, ular sizga yangi imkoniyatlarni taqdim etadi.

Telegram va Facebook botlari kompaniyangizning bir bosqichga o’sishi va takomillashishi demakdir.

Zipwolf marketing agentligi tomonidan yaratilgan Telegram bot loyihasi bilan tanishing.

Telegram botlar bo’yicha buyurtma

Tel: (+99891) 166-00-48
Telegram: @interintellect