xiaomi tashkent

Ushbu yosh kompaniyaning bunday darajada muvaffaqiyatga erishishiga nima sabab bo’ldi deb o’ylaysiz?

  • Xitoyning ko’p sonli xaridorlarimi? – Yo’q, chunki Xitoy bozorining ko’p yillik smartfonlar ishlab chiqarish va sotish bilan shug’ullanuvchi HTC, Lenovo, ZTE, Huawei kabi dominant kompaniyalaridan ortgan oz sondagi xaridorlari bilan dunyoning 3-sonli natijasiga erishib bo’lmaydi.xiaomi tashkent
  • Xitoylik xaridorlardagi “o’zimnikini sotib olaman” ko’rinishidagi vatanparvarlik ruhimi – Yo’q, bu ham to’g’ri emas. Chunki, xitoylik xaridorlarning aksariyati xorij brendlarini (Apple va Samsung) o’z milliy brendlaridan ko’ra ko’proq yaxshi ko’rishadi (siz o’zining bir dona buyragini sotib Apple smartfoni sotib olgan xitoylik kishi hikoyasini eshitgandirsiz?)
  • Arzon ishchi kuchi, arzon mehnat va ishlab chiqarishdagi arzon tannarxmi? – Yana biroz adashdingiz. Chunki Apple, Samsung hamda Xitoyning milliy brendlarining o’zlari ham Xitoyda ishlab chiqariladi va bu ko’rsatkich bo’yicha Xiaomi bilan bir xil darajaga ega.

Xiomi kompaniyasining misli ko’rilmagan darajadagi muvaffaqiyati, eng avvalo, kompaniyaning to’g’ri tanlangan biznes modeli va asosiysi, arzon byudjetli kommunikatsiya (reklama) va sotuv usullari (distribyutsiya) bilan chambarchas bog’liq.

xiaomi tashkent

Demak, kompaniya muvaffaqiyatining asosiy omillari:

  1. Kam byudjetli internet reklamasi;
  2. Onlayn sotuv;
  3. “Ochlik marketingi” usuli;
  4. Innovatsion ruhiyat.
xiaomi tashkent

Xiaomi kompaniyasi haqida eshitganlar topiladi, ammo ushbu kompaniya to’g’risida bilganlardan ko’ra bilmaydiganlar ko’proq, bizningcha.

Xiaomi kompaniyasi Xitoyning juda yosh, lekin o’z navbatida eng muvaffaqiyatli brendlaridan biridir. Kompaniya 2010-yilda tashkil topgan va 2011-yilda ilk smartfonini omma e’tiboriga havola etgan edi.

xiaomi tashkent

Bu yosh kompaniya:

  • 2014-yilda smartfonlar sotuvi bo’yicha 60,5 million smartfonlar sotgani holda Lenovo va LG ni ortda qoldirib, Samsung va Apple dan keyingi 3-o’ringa ko’tarila oldi;
  • Shu yilning o’zida 1.1 milliard dollarlik sarmoya oldi;
  • Hozirda Xitoy, Hindiston, Singapur va Malayziyada 8000 dan ortiq ishchiga ega;
  • Rahbari Lei Jun Xitoyning eng boy odamlari qatorida peshqadamlardan biriga aylandi;
  • Kompaniya hozirda 50 milliard dollardan yuqori baholanmoqda.
xiaomi tashkent

Filip Kotlerning marketingga bergan ta’rifi bo’yicha tahlil qiladigan bo’lsak, marketing bu qiymatni aniqlash, uni yaratish va yetkazib berish bilan bog’liq jarayon.

 

Qisqacha aytganda, Xiaomi kompaniyasi birinchi o’rinda bozor uchun arzirli qiymatdagi smartfon yarata oldi. Misol uchun, kompaniyaning Xiaomi1 modeli o’zining texnik parametrlari bo’yicha Samsung S3 modeli bilan ba’zi jihatlarda tenglikka va boshqa ba’zi jihatlarda ustunlikka ega. Lekin Xiaomi1 modeli narx nuqtai nazaridan, Samsung 3 dan 3 marta arzon narxlarda bozorga taklif etilgan edi (Samsung S3 dastlab bozorga chiqarilganda 400 dollar narxda baholangan bo’lsa, Xiaomi1 modeli yetkazib berish xizmatlari narxini ham o’z ichiga olgan holda 130 dollar narxda taklif etilgan.)

 

Sizda, ayni paytda, bunday arzon narxda smartfonni sotish orqali kompaniya qanday qilib foyda qilishi mumkin degan savol hosil bo’lishi tabiiy. Buning javobi kompaniyaning yangi chiqarilgan smartfonlarni reklama va sotuvi bilan bog’liq eng kam xarajatli usullarni qo’llaganida ko’rinadi.

 

Demak, Xiaomi kompaniyasi o’z mahsulotini omma e’tiboriga tanishtirish uchun juda ham kichik hajmdagi mablag’ sarfladi va mahsulot tannarxini arzon ushlashga erishdi. Qanday deysizmi – bu internet reklamasining kuchi!

xiaomi tashkent

Xitoy bozorida Xitoy Skaypi nomini olgan QQ (Kyu-Kyu), Xitoy Feysbuki bo’lgan RenRen va Weibo ijtimoiy tarmoqlari mavjud. QQda 800 milliondan ortiq odamlar ro’yxatdan o’tgan (2015-yil hisobi) va istalgan vaqt kesimida 200 milliondan ortiq odam onlayn rejimida bo’ladi. Ayni paytda, RenRen va Weibo dagi bir oylik tashrif buyuruvchilar soni 200 milliondan ortiq. O’z o’rnida Xitoyning “Google”i hisoblangan Baidu ham foydalanuvchilarning doimiy hamrohi. Demak, Xiaomi kompaniyasi o’z telefonlarini savdoga chiqarishdan bir necha oy oldin “Ochlik marketingi” usuli asosida o’zining yangi chiqayotgan Xiaomi1 modeli haqidagi turli xildagi kontent (matnli, videoli, infografik va boshqa xil ko’rinishidagi) reklamalarini ijtimoiy tarmoqlarda keng omma e’tiboriga intensiv ravishda havola etdi. Ushbu jarayon, kompaniyaga yollangan 10-20 nafar dizayner va kontent menejerlar orqali amalga oshirildi. Xaridorlarga chiqarilajak telefonni boshqa brendlarga taqqoslama texnik va narx tahlili va ko’plab qulayliklari to’g’risidagi ma’lumotlar faqat va faqatgina Internet tarmoqlari (ijtimoiy tarmoqlar, QQ va Baidu) orqali yetkazildi.

xiaomi tashkent

Ikkinchi bosqichda 100 000 dona Xiaomi1 modellari sotuvga chiqarilganligi va sotib olishni istovchilar faqat seshanba kuni soat ayni tushki 12da www.xiaomi.com web-sahifasi orqali “Kim birinchi sotib olsa, o’shaniki” shiori asosida o’zlarining Xiomi1 telefonlarini sotib olishlari mumkinligi e’lon qilindi. Sotuvga qo’yilgan 100 000 dona Xiaomi1 smartfonlari Xitoyning 1.3 milliardlik xaridorlari orasida milli-soniyalar ichida sotib tugatildi. Ushbu jarayon 3 hafta davom etgach, kompaniya Xiaomi1 modeli sotuvini erkinlashtirgani holda, cheklangan sotuvga o’zining yangi modellarini taklif etib bordi.

 

Demak, Xiaomi kompaniyasining muvaffaqiyati:

  • Yagona Internet reklamasiga asoslangan kam byudjetli kommunikatsiya tizimiga;
  • Sotuv personallarini tayyorlash va ularga maosh to’lash va sotuv uchun joylarni sotib olish yoki ijaraga olish bilan bog’liq holda ortiqcha xarajatlarni keltirib chiqarmaydigan internet sotuviga;
  • Hamda kompaniyaning zamonaviy smartfon modellari ustida tinmay ishlayotgan innovatsion ruhiga ko’p jihatdan bog’liq bo’ldi.

Xiaomi muvaffaqiyati misolidan yurtimizda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar ko’p foydali jihatlarni o’rganishlari mumkin. Internet foydalanuvchilari soni 15 milliondan ortgan va ushbu miqdor yildan yilga o’sib borayotgan O’zbekiston bozorida internet reklamasini o’rni, ayni davrda, sezilarli darajada o’sib bormoqda. Demak, tadbirkorlarimiz o’z mahsulotlarini xaridorlarga internet orqali faol reklamasini o’rnatish haqida jiddiy o’ylab ko’rishlari vaqti keldi.

xiaomi tashkent

Marketing xizmatlari bo`yicha murojaat

Tel: (+99891) 166-00-48
Telegram: @interintellect

Leave a Reply